Sergey Dolya ism-şarifli bloger dunyo böylab kruiz laynerlarida sayohat qiladi va öz muştariylarini dengizçilikning zamonaviy yutuqlari bilan taniştirib boradi.
U özining navbatdagi sayohatini ötkazgan kema bunday laynerlarning eng ulkani bölib, bloger ham öz taassurotlarida buni katta hayajon bilan tasvirlagan.
"Özingizni Las-Vegasdagi kvartallardan birida tasavvur qiling. Bu öziga xos şaharçada 7500 kişi yaşaydi. Şundan 2500 nafari kema xizmatçilari hisoblanişadi va ular boşqa sayohatçilarning köngildagidek dam olişlari uçun şaroitlar yaratiş bilan maşğul bölişadi. Bu kemada muz maydoni, volleybol va basketbol öyinlari uçun maydonlar, golf maydoni, bouling uçun zal, sun'iy qoyalarga kötariliş maşqlari olib boriladigan hudud, fitnes markazi va ulkan basseyn. Bularning hammasi dunyodagi eng yirik kema Allure of the Seas’da jamuljam bölgan", deb yozadi Sergey Dolya.

Kruiz layneri jamoasi. Bu kema xodimlari önlab alohida guruhlarga bölingan holda iş olib borişadi: birinçi guruhdagilar kemaning harakatlanişi bilan şuğullanişsa, ikkinçi guruhdagilar kemadagi xonalarning toza tutilişi uçun qayğurişadi, yana bir guruh sayohatçilarni ovqatlantiriş bilan band bölsa, boşqasi ularning köngiloçar öyinlar bilan band bölişi uçun harakat qilişadi.

"Bu men çiqqan 16-layner. Bundan ham ulkan kemalarda bölganman, lekin bundagidek zavq olmaganman. Bu kemadaligimda oçiq va bepoyon dengizda suzayotganimizni unutaman, kemaning içki dunyosiga ğarq bölaman".

Har qadamda kema çizmasi aniq körsatilgan bölib, bunday ulkan kemada adaşib qolmasligingiz ta'minlanadi.

Yuqori paluba. Bu yer albatta baliq ovlaş uçun emas, lekin ötgan-ketganlarga gap bilan qarmoq taşlab ötiriş uçun qulay joy.

Kemaning boşqa sahnlarida ham odamlar töplanib, özaro tanişuvlar va suhbatlar ötkazişi uçun köplab jamoat joylari taşkil qilingan.





































.jpg)






