Internetda Tayvan orolining Sinbey şahridagi akvapark hududidagi tungi klubda portlaş sodir bölişi natijasida çiqqan yonğin tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.
Bu falokat oqibatida 228 nafar kişi jarohatlanib, şifoxonaga yetkazilgan. Hodisa sabablari örganilişda davom etmoqda.
Formosa Water Park akvaparkida 27 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da portlaş sodir böldi. Dastlab raqs sahnalaridan birida diskoteka vaqtida oq tutun çiqib odamlarni qamrab olgan, bir neça soniyadan keyin esa portlaş yuz bergan. Jabrlanganlarning aksariyati oçiq kiyimda bölgani tufayli tanasining 40 foizida kuyiş holati kuzatilgan.






