Tunisda terakt paytida kamida 15 britaniyalik halok böldi. Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri örinbosari Tobis Ellvudning aytişiça, bu raqam jasadlar şaxsi örnatilişi bilan yana ortişi mumkin.
Ellvudning aytişiça, bu terakt 2005 yil 7 iyuldagi Londondagi portlaşlardan keyin Britaniya fuqarolariga qarşi sodir etilgan eng yirik terakt böldi. Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellon ta'kidlaganidek, bu teraktda halok bölganlar va jarohat olganlarning köpçiligini britaniyaliklar taşkil etmoqda.
26 iyun kuni Tunisning Sus şahrida terrorçi “Imperial Marxaba” va “Soviva” mehmonxonalari yonidagi plyajda odamlarga qarata öq uzgan. Tunis hukumati hozirça teraktda jabrlanganlarning millati haqidagi aniq ma'lumotni bermayapti, biroq ular asosan Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya va Germaniya fuqarolari ekanligi ma'lum bölmoqda. 39 nafar jarohat olganlar orasida Ukraina va Norvegiya fuqarolari ham bor. Şuningdek, bir nafar Rossiya fuqarosi ham jarohat olgan.
Xabar qilinişiça, Tunisga mamlakat huquq-tartibot muassasalariga uşbu teraktni tergov qilişda yordam beriş uçun Londonning Skotlend-yard politsiya boşqarmasi xodimlari yöl olganlar.






