WikiLeaks asosçisi bölgan fransiyalik jurnalist Julian Assanj "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida AQŞ tomonidan tahdidlar davom etayotganiga qaramasdan öz loyihasi böyiça işlaşda davom etişini ma'lum qildi.
"Ular kim öz işlariga burun suqsa, uning men kabi azob çekişini körsatib qöyişmoqçi bölişdi. Men ularning erta xursand bölişiga rozi bölmayman. Albatta bu iş juda qiyin, lekin yaxşi natijalari ham bor. Ha, men futbol öynab, toğlarda sayr qilib yura olmayman. Lekin şu iş ustida işlay olaman va işlay oliş, bu yaxşi", deydi Assanj.
Uning ma'lum qilişiça, rasmiy Vaşington vakillari bu "uruş"da qöli baland keliş imkoniyatidan mahrum bölgan, lekin WikiLeaks`ning barça faollarini tinimsiz ta'qib etmoqda.






