Yakşanba kuni Los-Anjyelesda afroamerikalik musiqaçilar, aktyorlar, sportçilar va boşqa soha vakillarining qölga kiritgan yutuqlari uçun topşiriladigan nufuzli BET Awards mukofoti bilan taqdirlaş marosimi ötkazildi. Black Entertainment Television kanali tomonidan taşkil qilingan taqdirlaş marosimi 15-marta ötkazilmoqda.
Microsoft Theatre zalida bölib ötgan şouning asosiy yangiliklaridan biri xonanda Beyonce’ga uşbu mukofotning topşirilgani böldi.
Şuningdek, eng yaxşi yangi artis deb britaniyalik 23 yoşli xonanda Sem Smit topildi. Beyonce “Eng yaxşi ayol ritm-end-blyuz/pop ijroçisi” nominatsiyasida ğolib böldi. Erkaklar içida bu nominatsiyaga Kris Braun sazovor böldi.
Niki Minaj “Eng yaxşi xip-xop ijroçisi” deb topildi. Şuningdek, Kenderik Lamar, Torrens Xovard singari artistlar, Serena Uilyams, Stefen Karri singari sportçilar mukofotlandilar.
Beyonce BET Awards mukofotini oldi
20:01 / 29.06.20153 9601 min






