Bugun, 29 iyun kuni London şahrida "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvçi "Uimbldon" turniri boşlanadi. Musobaqalar 12 iyul kunigaça davom etadi.
Bu turnirda David Ferrer jarohat tufayli iştirok eta olmasligi ma'lum bölgan. Rossiyalik tennisçi Mixail Yujniy jarohati töliq tuzalmaganiga qaramasdan musobaqaga kelişga qaror qilgan.
Ayollar örtasidagi bahslarda har safargidek Serena Uilyams, Mariya Şarapova, Ana Ivanoviç va Viktoriya Azarenko kabi tennisçilar favorit sifatida qaralmoqda.
Qayd etiş joizki, Nottingemdagi turnirni yutiş orqali ATR tasnifidagi ilk titulini qölga kiritgan özbekistonlik tennisçi Denis Istomin ham bu turnirda qatnaşadi va birinçi uçraşuvini ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga qarşi ötkazadi.
Ma'lumot uçun Uimbldon turniri ilk marta 1877 yilda ötkazilgan bölib, unda britaniyalik Spenser Gor.S ğalaba qozongan.
Bu turnirda eng köp marta ğolib bölgan tennisçi esa AQŞ vakilasi Martina Navratilova hisoblanadi. U 1978 yildan 1990 yilgaça 10 marta turnirda tengsiz deb topilgan.
Bu turnirning mukofot jamğarmasi 26,75 mln funtni taşkil etadi.






