Tataristonning Töqay tumanidagi Kama daryosida suzayotgan barja ağdarilib ketdi. Buning natijasida navbatçi kapitan halok böldi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
Voqea 29 iyunga ötar keçasi sodir böldi. Kema tirkamaga ega edi. Halokat natijasija yoqilğining suvga çiqib ketişi hollari kuzatilmadi. Voqeaga barjadagi texnik nosozlik sabab bölgani taxmin qilinmoqda.