Daniya Germaniya bilan çegarasini nazoratga oladi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Kristian Jyensenning sözlariga iqtibos keltirgan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilişiça, Jyensen germaniyalik hamkasbi Frank Ştaynmayyerga Germaniya hududidan noqonuniy mehnat muhojirlari va kontrabanda mollari köp ötayotganini ma'lum qilib, şu asosda çegaradagi nazoratni kuçaytirişni taklif qilgan.

Jyensenning sözlariga qaraganda, çeklov çora-tadbirlari Şengen zonasi davlatlari bilan örnatilgan standartlarga mos böladi.

2011 yili Kopengagen Germaniya bilan çegarada bir neça oylik nazorat örnatgan edi. Daniyalik çegaraçilar mamlakat hududiga kiradigan maşinalarni tekşiriş huquqiga ega bölgan edi. Bu holat Bryusselning noroziligiga sabab bölgan edi.