Özbekiston oliy ta'lim muassasalariga kvotalar e'lon qilindi. Bu haqda batafsil axborot “Pravda Vostoka” gazetasida berildi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti joriy yilda bakalavriatning 30 yönalişi böyiça 2 405 nafar talaba qabul qiladi. Menejment va marketing yönalişlari yopildi, axborot va axborot texnologiyalari, neft va neft-gazni qayta işlaş texnologiyasi, energetika, texnologik maşinalar va uskunalar, elektr texnika, elektr mexanika va elektr texnologiyalar singari yönalişlarga qabul soni kamaytirildi. Ammo oxirgi tilga olingan uç yönaliş, elektr energetikasi, geologiya, foydali qazilmalar konlarini topiş va razvedka qiliş yönalişlari hozirgaça eng kvota köp yönalişlardan bölib qolmoqda – ularga joriy yilda 130dan 250kaça örin ajratilgan.
Bundan taşqari, universitetda törtta yangi yönaliş oçilib, har biriga 20-25 talaba qabul qilinadi.
Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti kvotalari 50 kişiga kamaydi. Universitetga joriy yilda 1 645 örin ajratildi.
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida ham nemis, fransuz, xitoy va yapon tillari ta'limi 45 öringa qisqardi. 1 425 örindan 1 200tasi (84 foiz) ingliz tili va adabiyoti yönalişiga ajratildi.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetini ham qisqarişlar çetlab ötmadi. Kvotalar 35taga qisqarib, 1 390 örinni taşkil qildi. Fizika, kimyo, biologiya va jurnalistika yönalişlariga 70tadan, özbek va ingliz filologiyalariga 65tadan örin ajratildi.
Toşkent axborot texnologiyalari universiteti esa, filiallari bilan birga hisoblaganda, 500taga köproq talaba qabul qiladi, jami 2 515. Telekommunikatsion texnologiyalar va dasturiy injiniringga kvota 420 va 150 öringa, kompyuter injiniringga kvota esa 400 öringa köpaydi.
Umuman olganda, prezidentning 2015 yil 23 iyunidagi “2015/2016 öquv yilida Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilda mamlakatdagi barça OTMga ötgan yilgi bilan bir xil miqdorda talaba qabul qilinadi – 57 907, faqat bakalavriat yönalişida. Magistraturaga 5 000 kişi qabul qilinadi. Bakalavr va magistrantlarning 31 foizi davlat grantlari asosida öqiydi, qolganlari esa şartnoma asosida qabul qilinadi.






