Isroilning SteamCC kompaniyasi qahva köpigida tasvir bosuvçi Ripples printerini taqdim qildi, deb xabar bermoqda N+1 naşri.
Bosma uçun smartfonga örnatilgan maxsus dastur yordamida tasvirlar kutubxonasidan zarur tasvir tanlab olinadi. Şundan keyin printer qahva donlari ekstraktidan 10 soniya içida köpik sirtida tasvirni bosib beradi.
Kompaniya uşbu qurilmani sentabrdan boşlab sotuvga çiqaradi, uning dastlabki narxi 999 dollarni taşkil qilişi aytilmoqda.






