2014 yili Samarqand viloyatida 580 tonna baliq yetiştirildi. Buning uçun hududda 50dan ortiq yangi baliqçilik xöjaliklari taşkil etildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
2015 yilda bu körsatkiçni ikki barobarga oşiriş közda tutilgan. Bu maqsadga erişiş uçun viloyat hokimiyati tegişli taşkilotlar oldiga konkret vazifalar qöydi. Xususan, baliq bolalar va yemişni boşqa joydan olib kirişni çeklab, ularni şu yerning özida işlab çiqariş va yetiştiriş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, Kattaqörğon, Paxtaçi va Samarqand tumanlaridagi inkubatsion sexlar faoliyatini yanada kengaytirilişi aytilmoqda.
110 ga hududda suv omborlari yaratiladi. Ayni kunda 50 ga hududni egallagan suv ombori işga tuşirildi. Yil oxirigaça 1.2 ming tonna baliq yetiştiriş közda tutilgan.






