Tbilisi meriyasining hayvonlarni kuzatiş agentligi Tbilisi şahri aholisini şaharda ilonlar köpayib ketganidan ogohlantirmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Oxirgi ikki oy davomida şaharning turli qismlarida ilonlar aniqlanişi bilan boğliq 460 ta, şu jumladan yoz boşidan beri 252 ta holat qayd etildi”, deb aytdi agentlik direktori Teymuraz Pxaladze.

Qayd etilişiça, tutilgan ilonlardan birortasi ham zaharli bölmagan.

Biroq hukumat şahar aholisidan ehtiyotlik çoralariga amal qilişni va ilonlarni öz hollariça tutişga harakat qilmasliklarini söramoqda.

Pxaladze issiq havo tufayli ilonlarning şaharda uçraşi holatlari oktabr örtalarigaça kuzatilişi mumkinligini aytmoqda.