Donetskning “Şaxtyor” klubi yarimhimoyaçisi Duglas Kosta Myunxenning “Bavariya” klubiga ötişga yaqin turibdi.
Bild naşrining xabar berişiça, Braziliya terma jamoasi a'zosi Duglas Kosta terma jamoa Amerika kubogidan çiqib ketganidan keyin Germaniyaga jönab ketdi hamda bu yerda “Bavariya” klubida tibbiy körikdan ötdi.
Futbolçi “Bavariya” bilan 5 yillik şartnoma tuzişi, “Şaxtyor” esa futbolçining transferi uçun 30 mln yevro olişi kutilmoqda.
Duglas Kostaning “Bavariya”ga ötişi Aren Robben va Frank Riberining tez-tez jarohat olib turişi sababli amalga oşirilmoqda. Kosta aynan şu futbolçilarning örnini egallaşi kerak böladi.






