Yozning jazirama kunlari ham boşlandi. Bu paytda, ayniqsa, suv havzalari va plyajlar gavjum böladi. Ammo suv nafaqat salqinlik va huzur-halovat baxş etadi, balki unda köplab xavf-xatarlar ham yaşiringan...

Mamlakatimizda böş vaqtni mazmunli ötkaziş va hordiq çiqariş uçun zarur şaroitlar yaratiş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va bolalar sportini rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilayotir. Buning samarasida suv havzalari va akvaparklar soni yil sayin ortib bormoqda. Şunga qaramasdan, şahar aholisining çömilişga möljallanmagan joylar – favvoralar, kanal va daryolarning xavfli joylarida çömiliş holatlari hamon uçrab turibdi.

Toşkent şahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislarining sözlariga köra, uşbu havzalardagi ifloslangan suv çömiluvçilarda ötkir içak infeksiyalari, gepatit, içburuğ, iç terlama kabi kasalliklarning rivojlanişiga olib kelişi mumkin.

– Poytaxtimizdagi barça suv havzalaridan olingan namunalar muntazam bakteriologik va kimyoviy tekşiruvdan ötkaziladi, – deydi Toşkent şahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bölim boşliği Temur Musayev. – Suv havzalari va favvoralarda sanitariya-epidemiologik me'yorlarga mos kelmaydigan suv borligi aniqlansa, tegişli korxona va taşkilotlar rahbarlaridan suvni zararsizlantiriş va yangilaş talab qilinadi. Masalan, favvoralardagi suv yangilanmasligi bois tez ifloslanadi. Ularda çömiliş bolalar uçun öta xavfli. Negaki, çömiliş paytida tasodifan suv yutib qöyişi ehtimoldan xoli emas.

Toşkent şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlarining ta'kidlaşiça, çömilişga möljallanmagan oçiq suv havzalari bolalar va kattalar hayoti uçun xavf tuğdirişi mumkin. Kanallarda suvning sovuqligi, oqimning tezligi, daryolarda uçrab turadigan maişiy çiqindilar, ota-onalar mas'uliyatsizligi, şuningdek, çömilişga kelganlarning öziga haddan ziyod işonişi kabi omillar çökiş bilan boğliq baxtsiz hodisalarga sabab bölayotir.

Bu kabi hodisalarning oldini oliş maqsadida Toşkent şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi tuman hokimliklari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati va boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikda çömiliş xavfli bölgan suv havzalari va kanallar qirğoqlarini har yili monitoring va nazorat qilib kelmoqda. Zarur joylarga qöriqlaş va kuzatuv postlari örnatilib, tunu kun navbatçilik yölga qöyilgan.

– Sönggi yillarda baxtsiz holatlar soni sezilarli darajada kamaygani kuzatilmoqda, – deydi Toşkent şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliğining örinbosari Husan Bobonov. – Buni köp jihatdan aholi örtasida seminarlar va tuşuntiriş işlarining muntazam ötkazib kelinayotgani bilan izohlaş mumkin. Bundan taşqari, qutqaruvçi-ğavvoslar tayyorlaş işlari takomillaştirilib, kuzatuv postlari zamonaviy texnikalar bilan jihozlanmoqda.