Bugun, 1 iyul kuni, Özbekiston milliy valyutasi – sömning muomalaga kiritilganiga 21 yil böldi.
1994 yilning 16 iyun kuni Özbekiston prezidentining “Özbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritiş töğrisida”gi farmoniga muvofiq öşa yilning 1 iyulidan söm joriy qilindi. Öşanda 1, 3, 5, 10, 25, 50 va sömlik qoğoz banknotalar hamda 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan edi.
1997 yilning 1 martidan 200 sömlik banknota hamda 1, 5 va 10 sömlik tangalar muomalaga kiritildi.
2000 yilning 1 iyunidan 500 sömlik, 2001 yilning 1 sentabridan esa 1 000 sömlik banknotalar joriy qilindi.
2005 yilning 1 iyulida valyutaning 10 yilligi munosabati bilan 100 sömlik tanga iste'molga kiritildi. 2011 yilning 1 sentabrida esa 20 yillik munosabati bilan 500 sömlik tanga zarb qilindi.
Nihoyat, 2013 yilning 1 iyulidan hozirça eng yirik kupyura – 5 000 sömlik banknota muomalaga kiritildi.
Qoğoz pullar va banknotalarni zarb qiliş huquqi Özbekiston markaziy bankiga tegişlidir.
Özbekiston sömi 21ga kirdi
16:55 / 01.07.20159 4841 min






