Qisqa xabarlar (sms-xabarlar) texnologiyasini öylab topgan finlyandliyalik muhandis Matti Makkonen uzoq davom etgan kasallikdan keyin 63 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Wired xabar bermoqda.
Matti Makkonen sms-xabar haqidagi ğoyani birinçi marta 1984 yilda Kopengagenda ötgan anjumanda bildirib ötgan. 1985 yilda nemis tadqiqotçisi Fridxelm Xillebrand sms formatini öylab topgan, unda har bir xabar uçun 160 tadan köp bölmagan belgi nazarda tutilgan. Qisqa xabarlarni jönatiş tizimi 1992 yil dekabrda Buyuk Britaniyada sinovdan ötkazilgan. Ilk sms-xabarning matnida britan mobil operatori direktori Riçard Jarvisga “Xayrli Rojdestvo!” degan tabrik sözlari yöllangan.
Uşbu ixtiro Makkonenga şon-şuhratdan boşqa heç narsa olib kelmadi: muhandis öz ixtirosini heç qaçon patentlaştirmadi. Biroq u şon-şuhratni ham rad etardi. U öz ixtirosini özining şaxsiy yutuği emas, balki birgalikdagi ğoyalar mahsuli deb hisoblardi.
Matti Makkonen öz ixtirosi uçun 2008 yilda The Economist jurnalining innovatsiyalar yönalişi böyiça mukofoti bilan taqdirlangan.






