Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasini birdaniga uç nafar tajribali futbolçi tark etdi. Andrey Arşavin, Aleksandr Kerjakov va Anatoliy Timoşçuk bilan şartnoma uzaytirilmadi.
Jamoa boş murabbiyi Andre Villaş-Boaş bu uç nafar futbolçi keyingi mavsum uçun özi tuzadigan tarkibda bölmasligini ma'lum qilgan. Jamoa rahbariyati bu murabbiyga keng vakolatlar berib qöygani köplab muxlislarning noroziligiga sabab bölgan.
Qayd etiş joizki, Arşavin va Kerjakov "Zenit"ning içki çempionat va xalqaro maydonlarda uzoq kutilgan ğalabalarining asosiy ijodkorlari bölişgan edi. Arşavin 2008 yilda jamoaning UYeFA Kubogida zafar quçişida asosiy işni bajargan va jamoa bilan içki çempionatda uç marta oltin medallarga ega çiqqan. Kerjakov esa jamoadagi öyinlari orqali nafaqat "Zenit" tarixidagi, balk Rossiya futboli tarixidagi eng yaxşi töpurar bölişga erişgan.
Arşavin 2012 yilda "Arsenal"ni tark etgaç, futbolga qiziqişi yöqoldi va ötmişda öyinlariga hurmat sifatida "Zenit"ga qabul qilindi. Kerjakov ham vaqt ötib, sport formasini yöqotdi va 1527 daqiqalik "golsiz" seriyani qayd etdi. 2014-2015 yillar mavsumida har ikki futbolçi ham deyarli maydonga tuşirilmadi. Jamoa ularning öyinlarisiz mamlakat çempionligiga erişdi.
"Kerjakov mening keyingi mavsumdagi rejalarimdan örin olmaydi. Arşavin va Timoşçuk bilan esa şartnoma yakunlandi. Ularga keyingi faoliyatida omad tilaymiz", deb bayonot beradi Villaş-Boaş.
Kerjakov bu bayonotni esankiragan holda qarşi oldi.
"Sen 32 yoşdasa. 3 hafta oldin Rossiya terma jamoasi safida gol urganding. Lekin, endi bilişingça, klubing boş murabbiyi seni öquv-yiğiniga olib ketmoqçi emas", deb ranjigan köyi yozadi u internetdagi sahifasida.
Jamoa bilan şartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan Aleksandr Kerjakovga "Zenit 2" jamoasida öynaş taklif qilingan va futbolçi bu taklifni qabul qilgan.
Arşavin esa bu vaziatga bosiqlik bilan yondaşdi.
"Jamoa rahbariyatiga men bilan öta saxiy tarzda munoasabda bölişgani uçun öz minnatdorçiligimni bildiraman. Şuningdek, muxlislarga ham doimo qöllab-quvvatlab turişgani uçun rahmat. Agar öyinlarim bilan ularni ranjitgan bölsam, buning uçun uzr sörayman. Kerjakovga esa yangi jamoada omad tilayman", deya fikr bildiradi Arşavin bu voqealardan keyin.
"Zenit" Arşavin va Timoşçukka jamoa tizimidan iş taklif etgani haqida xabarlar mavjud.






