"Mançester Yunayted" va "Real" jamoalari David de Xeaning transferi böyiça muzokaralarda özaro kelişuvga yaqin turişibdi.
As naşri xabariga köra, mançesterliklar uşbu darvozabonning narxini avvalgi 46 million yevrodan 35 millionga tuşirgan. "Real" esa 24 yoşli posbon uçun 30 million yevro töaşga tayyorligini bildirmoqda.
Xabarda yozilişiça, "MYu" bu qarorga jamoani yangi mavsumga tayyorgarlikdan çalğitmaslik uçun kelgan. Bundan taşqari jamoa boş murabbiyi Lui van Gal 13 iyungaça yangi darvozabon sotib olişni istayapti, aynan şu kundan "MYu"ning AQŞ böylab turnesi boşlanadi.






