Rossiyaning Lipetsk viloyatida “Amir Temur izlari böylab” nomli arxeologik ekspeditsiya olib borilmoqda. Ekspeditsiya rahbari Igor Kozmirçukning sözlariga qaraganda, şahar xarobalarini örganişning dastlabki kunlarida qiziqarli topildiqlar aniqlandi. Jumladan, mudofaa devorlari vayronalari ostida qabr topildi.

Gorod48.ru sayti Kozmirçukning sözlarini keltiradi:
“Qabrda odamning yarmigina dafn etilgan, xolos. Ya'ni ikkiga bölib yuborilganga öxşaydi. Bu fikrni antropologlar tekşirib köradi, ular yaqinda yetib kelişadi. Aftidan, bu ikkiga bölib taşlangan jangçilardan biridir. Bu şahar ostonalarida bölgan jangdan dalolatdir. Hozirça 1395 yilgi jang şu yerda bölganini isbotlab beriş oldimizda turgan vazifalardan biridir”.

“Qiziği şundaki, eng maşhur ensiklopediyalarda, jumladan, Britannica va Iranica’da va köplab tarix darsliklarida Temur 1395 yili Moskvani egallagani aytiladi, – davom etadi sözida arxeolog. – Ammo Temur tomonidan amalga oşirilgan vayronagarçilik izlari Moskvada topilmadi. Ular heç qaçon aniqlanmasa ham kerak, negaki, fors solnomalariga köra, uning qöşinlari öşa yili Yeletsdan şimolga ötmagan va Okadan keçib ötmagan. Bugungi kunga qadar Lipetsk viloyatida ham Temur istilosi izlari topilmagan, ammo Temur avangardining Bekyoruq öğlon qöşini bilan qayerda uruşganining lokalizatsiya qilinişi, Qorasuv va Muskuvning lokalizatsiyasi bunday izlarning topilişiga olib kelişi mumkin”.