Intel Corp. kompaniyasi prezidenti Rene Jyeyms boşqa kompaniyada boş ijroçi direktor lavozimini egallaşi sababli 2016 yilning boşida iste'foga ketadi, deb aytilmoqda kompaniya bergan xabarda.

Hozirça Jyeyms aynan qaysi kompaniyaga ötayotgani haqida ma'lumotlar oşkor etilmagan. Jyeyms öz vakolatlarini topşiriş jarayoniga kömak beriş maqsadida Intel da yanvargaça qolişga rozi böldi.

Uşbu munosabat bilan kompaniyada bir qator taşkiliy özgartirişlar amalga oşiriladi. Texnologik jarayonlar va işlab çiqariş Intel boş direktori Brayan Krjaniç zimmasiga ötkaziladi, alohida davlatlardagi bölinmalar prezidentlari kompaniyaning savdo va marketing guruhi rahbari Greg Pirsonga hisobot topşiradilar.
Bundan taşqari, 2016 yilning yanvarida kompaniyani Intel Capital prezidenti Arvind Sodxaniy ham tark etadi. Uning majburiyatlarini kompaniyaning qöşib va yutib oliş bölinmasi rahbari Vendell Bruks egallaydi.