Ulardan birlari şikoyat qildi. Unda şunday sözlar bor edi: “Mening törtta tuğişganlarim bor. Ularning içida eng boyi menman. Lekin negadir qarindoşlarim singillarimning ziyoratiga köp kelişadi-da, mening ziyoratimga juda kam kelişadi. Ular törttala singlimni har kuni ziyorat qilişadi. Ammo men qarindoşlarimni negadir juda kam köraman. Ular mening ziyoratimga juda kam keluvçidirlar.
Ba'zida men bilan bir neça kunga uzilişib ham ketadilar. Hatto qarindoşlarning ba'zisini umuman körmayman. Göyo ular meni öz qomuslaridan tuşirib qoldirişgandek.
Ba'zilari oldimga kelişganda ularda dangasalik, huzurimda juda kam turiş, tezda ketib qoliş holatlarini kuzataman. Ularda meni ziyoratimga kelmasliklariga, kelsalar ham dangasalik bilan, tezroq ketgilari kelib turişiga mutlaqo qabul qilib bölmaydigan, arzimas uzrlar böladi. Men ularga nima deb javob beray?
Singillarimga qaraganda men köproq oldimga kelganlarga hadyalar beraman. Bu gapim bilan singillarimni kam sovğa beradi deb aslo ayblamoqçi emasman. Lekin ulardan köra mening köproq sovğa berişimni hamma biladi. Köp kişilar qarindoşlarimga meni ziyoratimga kelişni maslahat berişadi, nasihat qilişadi. Çunki, menda köp yaxşiliklar bor bölib, meni körgani kelganlarga öşa yaxşiliklardan, juda köp hadyalardan ulaşaman. Şunday bölişiga qaramasdan ular mendan uzoqlaşişadi. Aslida mensiz qarindoşlarimga halovat bölmaydi. Biroq, baribir kelişmaydi. Kelişsa ham, juda kam kelişadi. Meni bunçalik taşlab qöyişlarining sababi nima? Men ham öşa beş opa-singillarning biri emasmanmi?! Men ham singillarimga öxşab ularning qarindoşi emasmanmi?! Nega qarindoşlarim, yaqinlarim meni özlariga ulfat qilişmaydi?! Nega özlarining döstliklaridan meni mahrum qilişadi?! Nega men bilan bordi-keldi qilişmaydi?! Nega meni unutib qöyişadi?!”
Endi şu örinda uşbu şikoyat sohibasi kimligini bilişimiz qoldi. Bu barçamiz uçun benihoya qimmatli bölgan Bomdod namozidir. Uning bu qadar fasohatli gapirişi meni hayron qoldirdi. Men eşitgan eng ajib, eng yoqimli va şu bilan birga eng oğriqli şikoyat mana şu böldi. Agar uşbu şikoyat sizga ham ma'qul bölgan bölsa, yaqiningizning şikoyatlarini qabul qilib, uning istaklarini bajo keltirişga harakat qiling. Bundan buyon bordi-keldini astoydil yölga qöyib, uni tez-tez, har kuni ziyorat qilib, holidan xabar olib, behisob hadyalarini olib qayting. Uni boşqa tuğişganlaridan ajratib qöymang!
Nozimjon Iminjonov,
Töraqörğon tumanidagi “Usmon Zunnurayn”
jome' masjidi imom noibi
Manba: muxlis.uz






