Garvard universiteti ma'muriyati hamda san'at va fanlar fakulteti xakerlar tomonidan hujumga uçradi. IT-mutaxassislar hujumning oqibatlarini bartaraf etgunlariça va uning zararini hisoblagunlarigaça talabalar va öqituvçilar bu vaziyatdan bexabar böldilar. Universitetda olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari, foydalanuvçilarning şaxsiy va moliyaviy ma'lumotlari zarar körmadi. Bu haqda Tech Crunch xabar berdi.

IT-mutaxassislar Garvardning san'at va fanlar fakulteti, ma'muriyati va yana 8 ta öquv muassasasidagi tizimlarga buzib kirilgani izlarini aniqlaşdi. Hujumdan ziyon körgan muassasalar xodimlari va öquvçilaridan özlarining parollarini özgartirişlari va barça qurilmalar: kompyuterlar va mobil gadjyetlarda Garvard tarmoğidagi öz akkauntlariga kirişni yangilaşlari söraldi. Universitet foydalanuvçilarga 19 iyunda sodir etilgan bu kiberhujum haqida faqatgina 1 iyulda ma'lum qildi.

Universitet ma'muriyati bunday keçikişni xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oşirilgani bilan tuşuntirdi. IT-mutaxassislar “özlarining harakatlari tizimni himoyalaş va hujum oqibatida yetkazilgan zararni kamaytiriş böyiça amalga oşirilgan çoralarni xavf ostiga qöymasligiga” işonç hosil qilişgandan keyin bu voqea haqida foydalanuvçilarga aytişga qaror qilişgan. Foydalanuvçilarning tarmoqdagi harakatlari vaziyatni murakkablaştirişi mumkin edi, deb qöşimça qildi universitet ma'muriyati.