"Arsenal" jamoasining germaniyalik hujumçisi Lukas Podolski keyingi mavsumda Istanbulning "Galatasaroy" jamoasida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda turklar jamoasining rasmiy tvitteri orqali xabar qilingan.

Uşbu hujumçi "kanonirlar"ning asosiy tarkibidan tuşib qolganidan keyin ötgan mavsumning ikkinçi yarmini "Inter"da ijara asosida ötkazgandi.

Biroz oldinroq, "Galatasaroy" Podolski uçun "Arsenal"ga 4 mln yevro taklif qilayotgani ma'lum bölgandi.

30 yoşli uşbu hujumçi 4 iyul kuni Istanbulga kelib, tibbiy körikdan ötişi aytilgan.

Turklar bu futbolçi bilan 4 yillik şartnoma tuzişni möljallaşgan.

Ma'lumot uçun, Lukas Podolski Germaniya terma jamoasi safida 120 marta maydonga tuşgan hamda 2006 va 2010 yillarda JÇning bronza medallarini köksiga taqqan. 2014 yilgi Braziliya mundialida esa oltin medallarga ega bölgan. U "Arsenal"ga kelişdan oldin Bundesliganing "Kyoln" va "Bavariya" jamolarida töp surgan.