Özbekiston milliy universiteti dotsenti Turğunali Axmadjonov hamda Fizika fakulteti magistranti Orifjon Faxridinov Yelkanli şamol dvigatelini yaratişdi. Bu haqda Fan va texnologiyalarni rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasi axborot xizmatiga asoslanib, "Telegraf.uz" naşri xabar bergan.

Yangi şamol dvigateli şahardan taşqaridagi uylar, fermer xöjaliklari, kottejlarni muqobil elektr energiyasi bilan ta'minlaşga möljallangan. Yangi ğoyani avvalgilardan farqi şundaki, u kiçik şamol tezligida ham işlay oladi. 

Qurilmaning işlab çiqariş tan narxining arzon, örnatiş yoki demontaj qiliş oson, qulay va sodda, elektr energiyasi işlab çiqarişda quvvatni ehtiyojga köra katta diapazonda özgartiriş mumkin, tösiqlar ölçami va sonini özgartiriş orqali olinadigan elektr energiyani xohlagança özgartiriş imkoniyati mavjud, ekologik toza va elektr stansiyalardan uzoqda joylaşgan aholi yaşaş joylari yoniga osonlik bilan örnatiladi, yer osti suvlarini yer sirtiga töğridan-töğri nasoslar yordamida çiqariş mumkin hamda uyali aloqa stansiyalari va antennalarni elektr quvvati bilan taminlaydi.