Xitoy iste'molçilar ittifoqi Samsung kompaniyasi ustidan “puç dasturlar” böyiça sudga da'vo bilan murojaat qildi. Kompaniya özining smartfonlariga oldindan foydalanuvçilar uçun kerak bölmagan köplab dasturlarni örnatişi va bu dasturlarni öçirib bölmaslikda ayblanmoqda.
Xitoy iste'molçilar ittifoqi Samsung dan taşqari Xitoyning Oppo brendini ham uşbu holat böyiça sudga tortmoqda.
Iste'molçilar 20 ta turli qurilmani tahlil qilib, Samsung Galaxy Note 3 va Oppo Find 7a mobil qurilmalari kerakmas dasturlarga egalik böyiça eng katta körsatkiçga, ya'ni mos ravişda 44 ta va 71 ta kerakmas dasturga ega, degan xulosaga kelganlar.
Tadqiqotçilar “puç dasturlar” nafaqat Xitoy uçun muammo ekanligini ta'kidlamoqdalar. Android operatsion tizimi ostida işlovçi qurilmalarni işlab çiqaruvçi deyarli barça kompaniyalar öz smartfonlariga foydalanuvçilar uçun kerak bölmagan dasturlar örnatadilar. Bu dasturlar smartfonda xotirani egallaydi va ba'zi hollarda öz holiça internetdan foydalanadilar.
Xitoylik smartfon işlab çiqaruvçilar özlarining qurilmalariga Android ning standart dasturlari paketi va Google Play dökonini örnatganlik uçun Google ga pul tölaşni istamasliklari sababli boşqa dasturlardan foydalanişga majbur bölmoqdalar.






