Muborak Ramazon oyi mamlakatimizda, xususan, Namangan viloyatida ham kötarinki ruhda, özgaça surur bilan davom etmoqda. Darhaqiqat, ona yurtimiz jadal sur'atlar bilan taraqqiy etib bormoqda. Mustaqillik yillarida islomiy qadriyatlar – masjid va madrasalar, ziyoratgohlar, nodir tarixiy manbalar, osori-atiqalar milliy-diniy qadriyatlarini yöqotgan xalqimzga qaytarib berildi.
Ölkamizda yaşab mehnat qilayotgan köp sonli musulmonlar qatori boşqa din vakillarining ham emin-erkin ibodat qilişlari, diniy ta'lim olişlari uçun şart-şaroitlar yaratildi. Muborak Ramazon oyining kirib kelişi viloyat ahliga katta quvonç baxş etmoqda. Namangan viloyatida jami 186 ta masjid bölib, ularning barçasida tarovih namozlari öqilmoqda. Namozxonlar masjidlarda qorilarning Qur'on öqib berişlarini maroq bilan tinglaşmoqda.
Joriy yilning 4 iyul kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Namangan şahridagi “Şayx Eşon” jome masjidiga taşrif buyurdilar. Hazratning taşriflaridan Namangan ahlining hursandçiligi yanada ziyoda böldi. Muftiy hazratlari öz ma'ruzalarida tinçlik va osoyiştalik ne'matining qadr-qimmati, şukronalik, har bir oilaning farzandi barkamol avlod darajasida voyaga yetişi, bu oliy maqsad yölida ularga turli yot ğoyalarning ğov bölmasligi haqida keng ma'noda mazmunli ta'sirçan suhbat qilib berdilar.
Suhbat söngida muftiy hazratlari Alloh taolo jonajon yurtimiz Özbekistonga, xonadonlarimizga, tinçlik-xotirjamlik, qut-baraka ato etişini, boşimiz uzra mehr-oqibat va ilmu ma'rifat nurlari doimiy yoğilişini, uşbu saodatli kunlarda tutgan rözalarimizni husni qabul aylaşini hamda Vatanimizga obodlik, xalqimizga farovonlik, dasturxonimizga qut-baraka berişini sörab duoi xayrlar qildilar.
Manba: Muslim.uz






