AQŞ Gretsiyaning yevrohududda qolişini istovçilar tarafida. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joş Ernest Reyter agentligiga ma'lum qilgan.

"Referendum bölib ötdi, ammo bizning pozitsiyamiz özgarmadi", deydi Ernest.

Uning qayd etişiça, AQŞ Gretsiyadagi inqirozning hal qilinişi jarayoniga befarq qarab tura olmaydi.

Biroz oldinroq, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Gretsiyadagi vaziyat böyiça yangi takliflarni muhokama etiş uçun yevrohudud mamlakatlari yetakçilarining favqulodda sammitini 7 iyul kuni çaqirişni talab qilgandi.

Eslatib ötamiz, 5 iyul kuni Gretsiyada bölib ötgan referendumda aholining 60 foizdan ortiği qarzdorlikni tartibga soliş böyiça xalqaro kreditorlar tomonidan ilgari surilgan şartlarning mamlakat hukumati tomonidan qabul qilinişiga qarşi ovoz berdi.