Özbekiston milliy terma jamoasi 19-26 iyul kunlari Toşkentda öquv-maşğulot yiğinini ötkazadi. Boş murabbiy Samvel Babayan mazkur yiğinga oliy liga klublaridagi milliy terma jamoa a'zolari va unga nomzod bölgan 24 nafar futbolçini taklif qildi.

Samvel Babayanning boş murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uçraşuvi 3 sentabr kuni Yamanga qarşi öyin bölişi kutilmoqda.

Özbekiston terma jamoasi Jahon va Osiyo çempionati saralaş bahslarini 16 iyunda Şimoliy Koreyaga qarşi 2:4 hisobidagi mağlubiyat bilan boşlagan. Bugungi kun holatiga qadar H saralaş guruhida 2 ta öyinda 6 oçko jamğargan Şimoliy Koreya va Filippin terma jamoalari peşqadamlik qilib turişibdi.

Özbekiston terma jamoasining 19 — 26 iyul kunlari ötkaziladigan öquv-yiğiniga taklif etilgan futbolçilar röyxati:

Darvozabonlar:

1. Akbar Törayev ("Bunyodkor")

2. Eldorbek Suyunov ("Nasaf")

3. Aleksandr Lobanov ("Paxtakor")

Himoyaçilar

4. Yegor Krimets ("Paxtakor")

5. Şerzod A'zamov ("Nasaf")

6. Islom Töxtaxöjayev (“Lokomotiv”)

7. Şuxrat Muhamadiyev ("Nasaf")

8. Davron Hoşimov ("Paxtakor")

9. Farrux Sayfiyev ("Nasaf")

10. Aleksandr Merzlyakov ("Paxtakor")

11. Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Yarim himoyaçilar:

12. Şohrux Gadoyev ("Nasaf")

13. Javohir Sohibov ("Paxtakor")

14. Vladimir Kozak ("Paxtakor")

15. Şerzod Karimov ("Paxtakor")

16. Doston Hamdamov ("Bunyodkor")