Kuçi qolmaganlarga öz hayotini özgartiriş uçun 12 usul
|01:01 / 08.07.201559 50410 min
Zöriqiş, bosim, hissiy portlaş – nomlar har xil, biroq mohiyat yagona narsaga borib taqaladi. Har birimiz bir marotaba bölsada özimizni boşi yöq köçaga kirib qolgandek his qilganmiz. Bugun e'tiboringizga hayotingizni butunlay özgartirmasada, heç bölmaganda uni yoqimli qilişga yordam beruvçi maslahatlar röyxatini havola qilamiz.
Bu holat sizga taniş bölsa kerak: soat ertalab 10, uçinçi finjon qahvani içib böldingiz, miyangizda esa aqlli fikrlar örniga - bötqa. Siz zöriqqansiz – ham jismonan, ruhan va hissiy tomondan va ilgari sizni xursand qilgan narsalarga nisbatan ham befarqsiz. Rağbatlantiriş? Esdan çiqaring. Soğliq va özingizni yaxşi his qiliş uçun ğamhörlik lozim.
Nima uçundir yangi marralarni zabt etiş va butunlay zöriqiş bir-biri bilan yonma-yon, deya sanaladi. Aslida esa bunday emas. Hissiy portlaş muvaffaqiyatning belgisi emas, bu yöl bilan organizmimiz biroz tin oliş kerakligiga işora qilmoqda.
Genri Fordning mazkur maşhur iborasi ayni haqiqat.
"Özimizni hayotga qaytarişning odatiy usullari, u xoh espressoning ikki hissasi bölsin, xoh közlar ostiga surtiladigan konsiler ulardan aniq foydaga erişib bölmaydi. Tubdan özgariş uçun köproq vaqt talab etiladi, biroq oxir-oqibat maşaqqatlar özini oqlaydi. Bu sizning salomatligingiz va yaxşi kayfiyatingiz uçun kiritilgan sarmoyadir, şuning uçun unga jiddiy yondaşiş maqsadga muvofiq".
•Uyquga alohida e'tibor qarating
Tanamiz bu – mexanizm. Mazkur ğaroyib va betakror tizim ğamxörlik va hordiqqa muhtoj. Işxonadan uyga ketayotib, har kuni kompyuterni öçirib ketasiz, tana va miyaga ham aynan şu zarur. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, yaxşi uyqu miyaga kun davomida töplanuvçi zaharli moddalardan qutiliş imkonini berar ekan, aynan şuning uçun ham yetti-sakkiz soatlik uyqu ruhiy va jismoniy salomatlik uçun juda muhim. Vazifangiz – uyquning kunlik davomiyligini aynan şu körsatkiçga yetkaziş. Har kuni 30 daqiqaga köproq dam oliş – juda sodda, şunday emasmi?
2. Nimani qanday iste'mol qilayotganingizni öylang
Yeguliklarimizni öylab tanlaş uçun amaliyot zarur. Ayniqsa, bu telefonda javob berayotib yoki navbatdagi maktubga xat yozgan holda ovqatlanişga odatlanganlar uçun alohida ahamiyat kasb etadi. Ongli ravişda ovqatlaniş amaliyoti nimani iste'mol qilayotganingiz va organizmingizga qanday olib kelişini tuşunişga yordam beradi. Oçlikni qondiriş örniga ovqatga bölgan soğlom munosabat şakllanadi. Tadqiqotlar natijalari şuni körsatadiki, bu yondaşuv kayfiyatni kötaradi, zöriqişlar darajasini kamaytiradi, foydali ovqatlaniş odatlariga ega böliş va hattoki ortiqça vazndan xalos bölişga ham yordam beradi.
3. Kofeinga – yöq deymiz!
Kofein şusiz ham zöriqayotgan asab tizimini çarçatadigan vositadir. Behalovatlikda, zöriqqanda kofening keyingi finjoni sizni tetiklantirişi mumkin, biroq uzoq vaqtga emas. Buning örniga tetiklaniş va quvvat olişning yumşoqroq usullarini qöllab köring: jismoniy maşqlar yoki meditatsiya qiliş. Agar tongni kofesiz boşlaş sizga quvonç baxş etmasa, uşbu içimlik bilan bölgan barça munosabatlaringizni boşqa, ongli darajaga olib öting.
4. Harakatlanişni boşlang va töxtamang
Harakat bu nafaqat kayfiyatni kötariş va zöriqişni kamaytiruvçi kuçli vosita, balki xotirani saqlab qoliş va umuman fikrlaş qobiliyati uçun a'lo darajadagi samarali usuldir.
Ortib borayotgan bosimga jismoniy faoliyat yordamida qarşi turiş mumkin: yoga, yuguriş yoki velosipedda uçiş uçun sarflangan har bir daqiqa zöriqişga qarşi kuraşişda asqotadi.
Tonggi oddiy jismoniy maşqlar butun kun uçun zarur sur'atni hadya etib, diqqatni muhim vazifalarda jamlaşga yordam beradi. Muvaffaqiyatli insonlar aynan tongda şuğullanişni xuş körişlarini qayd etiş lozim. Kunni maslahat berilgan 10 daqiqa jismoniy maşq qilişdan boşlang va uning davomiyligini yarim soatgaça yetkazing.
5. Eng yaxşi hordiq – sukunat
Albatta, meditatsiya qilişni eslab ötmasdan iloj yöq. Darhaqiqat, bu katta yordam beradi. Şifokorlarga taşrif buyurişning deyarli 80 foizi bu zöriqişlar natijasidir, vaqt va mablağ sarfini tasavvur qilib köring. Bu harajatlarni oddiy meditatsiya qiliş orqali qisqartiriş esa undan ham hayratlanarli. Bu amaliyot zöriqişni yengib ötiş, immunitetni mustahkamlaş, uyquni tartibga soliş va özimizni baxtli his qilişga yordam beradi. Yana bir foydali tarafi, doimiy ravişda meditatsiya qiladigan insonlar ongli ravişda fikrlab, behalovatlilikni kamroq his etadilar.
6. Teringizga ğamxörlik qiling
Barçasi juda oddiy: teringiz baxtlimi, demak siz ham baxtlisiz. Şubhasiz, bu odatni mustahkamlaş boşqalaridan farq qilmaydi, uning uçun ham vaqt talab etiladi. Bu yerda uç hafta qoidasi ham u qadar muhim emas – doimiylik va bu narsani nima uçun amalga oşirayotganligingizni tuşuniş kalendardagi kunlarni öçirib borişga qaraganda foydaliroqdir. Konsiler çarçaş belgilarini ikki daqiqada berkita oladi, biroq teridagi haqiqiy özgarişlar içdan sodir bölib, sekin biroq töğri tarzda sodir böladi. U xoh kosmetika yoki yegulik bölsin, yuz rangini yaxşilovçi vositani emas, organizmga haqiqiy foyda keltiruvçi narsani tanlang. Kerakli muolajalarni tongda va keçki paytda takrorlang – bir qança vaqt ötgaç, teri soğlomlik nurini soçayotgani va kayfiyat ham u qadar tuşkun emasligini sezasiz. Juda oddiy, biroq insoniyat bundan yaxşisini hali öylab topgani yöq.
7. Egoni emas, ruhiyatni oziqlantiring
Bu yerda barçasi juda oddiy: sizni xursand qiladigan narsalarni amalga oşiring. Barça yutuqlarimiz ham qalbimizni quvonçga töldira olmaydi. Va nihoyat uzoq vaqtdan buyon orzu qilgan tuflini sotib oling, tuşlikda özingizni muzqaymoq bilan siylang va dam oliş kunlari eski filmlarni tomoşa qiling. Barçada – ha mayli, köpçiligimizda işlarimizni amalga oşişiriş uçun bitta yoki ikkita sabab böladi: bu xursandçilik olib keladi. Bu işlar röyxatidagi yana bir punkt bölgani uçun uni amalga oşirayotganingiz yöq. Xurçandçilik. Siz uçun. Tamom vassalom.
8. Içki ovozga işoning
“Iç-içimdan his qilyapman” qabilidagi ibora metafora emas. Muhim qarorlarni qabul qilişdan oldin hislaringizga e'tibor bering: köpinça tana bizga nima kerakligini aytadi. Çarçagan bölsangiz, dam oling. Könglingiz tanaffus istayotgan bölsa, u yer-bu yerga boring. Bir söz bilan aytganda, işlar köngildagidek bölmaganda, birinçi bölib sababini özingizdan sörang. Agar intuitsiyali inson bölmasangiz, içki ovozga quloq tutişni örganiş uçun biroz vaqt talab etiladi. Barça muammolardan çalğib, biroz tin oling va aynan hozir nimani his qilayotganingiz haqida javob bering. Nima istayotganingizni juda yaxşi bilişingiz katta ehtimollikka ega. Özimizga quloq tutiş uçun esa biroz töxtaşimiz kerak.
9. Işlarning odatiy tartibiga amal qilmang
Haftada bir marta umuman yangi bölgan narsani sinab körişni özingizga vazifa etib belgilang. Iştiyoqingiz qöp bölsa, bir kunda bir marta bölsa ham böladi. Bu judayam ulkan ğoya bölişi şart emas, misol uçun işga boşqa yöldan boring. Hatto mana şu arzimas narsa ham – ğaroyib tajribadir. U miyani yangi fikrlaş usullari va his qilişga tayyorlaydi, bu esa natijada sizni biroz baxtiyor insonga aylantiradi.
10. Atrofdagi olamingizni özingiz uçun qulay tarzda barpo eting
Barça ma'noda soğlom munosabat qurişning dastlabki bosqiçi – hayotingiz uçun olgan mas'ulligingizdir. Aloqalaringizni tahlil qiling va ular hayotingiz uçun qanday hissa qöşayotganiga ahamiyat qarating.
Atrofdagilarni tanlaşga mas'ullik bilan yondaşganlar qaror qabul qilişda ham özlariga köproq işonadilar.
11. Yangi narsalarni örganing
Yangi bilimlarni örganiş jarayoni sizni baxtli qilişi bu – fakt. U yana hayotni uzaytiriş, uni qiziqarli qiliş va ortiqça xavotirdan xalos etadi. Kiçigidan boşlaşni istaysizmi – töqişni örganing. Tarmoqda örgatuvçi videoroliklar talaygina, bu ayyor işni örningizdan turmay ham örganişingiz mumkin. Agar sizni katta maqsadlar öziga jalb etsa, u holda uç oylik veb-dizayn kurslariga yöl oling. Nima bilan şuğullanişni istamang, ongingiz buning uçun sizdan minnatdor böladi.
12. Kundalik tutişni boşlang
Zöriqişni oliş, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiriş, öz-öziga bölgan işonçni orttiriş va maqsadga erişiş uçun kuç-quvvat ato etiş - bu maşğulot oddiy emas, juda köp foydali qirralarga ega. Agar bu sizga qiyinçilik tuğdirsa, u holda har kuni nimadir yoziş şart emas. Bu bilan neça marotaba şuğullaniş emas, matnni yaratiş jarayonining özi muhim sanaladi, şuning uçun buni haftada bir marta amalga oşirsa ham böladi. Taymerni örnating, “Bugungi kundan nimani kutyapman” savoliga javob yozing. Işoning, oxir-oqibat siz bu seanslarni orziqib kutadigan bölasiz.
Aytingçi, siz bu usullarni qöllab körganmisiz yoki sizga boşqalari yordam beradimi? Öz maslahatlaringizni biz bilan örtoqlaşing!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi