Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatida tanaffus qiliş haqida öylamoqda.
Ma'lumotlarga köra, u bunday qarorga yirik xalqaro musobaqalarning finalidagi mağlubiyatlardan söng kelgan.
Messi 2014 yilgi Jahon çempionati va 2015 yilgi Amerika kubogining final uçraşuvlarida kumuş medal bilan çeklandi.
Ma'lum qilişlariça, hujumçi özini JÇ-2018 saralaş musobaqalarida özini çaqirmasliklarini söramoqçi.
Messi bundan oldin ham, 2006 yilda şunga öxşaş qaror qabul qilgan, öşa yili Germaniyadagi mundialdagi omadsizlikdan keyin hujumçi Fransiya bilan ötkazilgan örtoqlik uçraşuvini ötkazib yuborgandi.
Biroz oldin, Çilida ötkazilgan Kopa Amerika finalida Messining oilasiga mahalliy muxlislar qay tariqa tajovvuzkorona munosabatda bölişgani haqida xabar berildi. Bu hodisa ham uning uşbu qaroriga sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
Olé naşrining xabar berişiça, Messi sentabr oyida ötkaziladigan örtoqlik uçraşuvlari hamda JÇ-2018 turniri uçun saralaş bosqiçidagi bir neça uçraşuvlarni ötkazib yuboradi.
Ma'lumot uçun, Messi "albiseleste" tarkibida 103 marta maydonga tuşgan hamda 46ta gol urgan.






