Toşkentni vodiy bilan boğlab turgan Toşkent-Öş avtomobil yölining quriliş işlariga ajratilgan pullarning bir qismini özlaştirgan rahbarlar hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi axborot berdi.
Aytilişiça, Ilyos Hamroqulov, Şavkat Latipov va Ilyos Yoqubovlar “Olmazor” tajriba mexanika ta'mirlaş yordamçi işlab çiqariş davlat korxonasida işlab kelgan.
2009 yil 1 avgustdan 2011 yil 1 iyulgaça korxona rahbari sifatida işlab kelgan Jalilov sement-beton qoplama işlarini bajariş uçun respublika yöl jamğarmasi bilan şartnoma imzolagan. Unga köra, korxona işçilari jami 12.753 mlrd sömlim işlarni pudrat şartnomasi asosida bajarişlari, ta'mirlanişi belgilangan yöllarga 24 sm qalinlikda betonli qoplama yotqizişlari kerak edi. Ammo rahbarning körsatmasiga binoan işçilar qoplamani belgilanganidan 4 sm yupqaroq qilib yotqizişgan. Hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritilgan.
Iş hamjlari laboratoriya şaroitida örganilganida yöllarning mustahkamligi 69 foizni taşkil etdi. Korxona rahbari 991.533 mln sömlik iş hajmi sifatsiz bajarilişiga sababçi bölgani aniqlandi.
2013 yilning 19 aprelidan 2014 yilning 17 yanvarigaça korxonaga rahbarlik qilgan Latipov hisobçi Yoqubov bilan Yangiyöl tuman DSIga 2013 yil yakuni böyiça taqdim etgan hisobotlarda qalbakillika yöl qöygani, 17.879 mln söm soliqni tölamagani aniqlandi.
Bu uç şaxs sudlanib, tegişli jazoga hukm qilindi. Ular tomonidan davlatga keltirilgan 63.424 mln söm zarar töla qoplandi.
Quriliş taşkilotining biryöla ikki rahbari sudlandi
20:47 / 08.07.20155 2632 min






