Odamlarning jonivorlar tufayli halok bölişi böyiça xalqaro statistika asosida tuzilgan röyxatdan inson hayotiga xavf soluvçi 15 asosiy jonivor örin oldi. Aniqlanişiça, nahanglar, börilar va timsohlar çivinlarga nisbatan kamroq odamni hayotdan judo qiladi.
Jumladan, har yili nahanglar va börilar hujumi natijasida öntadan, arslonlar va fillar hujumi natijasida yuztadan, karkidonlar hujumidan beş yuz, timsohlar hujumidan ming kişi halok böladi.
Şu bilan birga, tasmasimon çuvalçanglar yiliga 2 ming, tsetse paşşasi 9 ming, Afrika taxtakanasidan 12 ming kişini öldiradi.
Eng xavfli jonivorlar röyxatida oltinçi örinni itlar oldi – ularning tişlaridan yiliga 40 ming kişi halok böladi.
Beşinçi örinda ilonlar turibdi – ular yiliga 50 ming kişini öldiradi. Törtinçi örinni egallagan askaridalar inson tanasiga joylaşib olişi natijasida yiliga 60 ming kişi öladi.
Kuçli uçlikdan qorinoyoqli mollyuskalar (yiliga 110 ming), odamning özi (475 ming) va bezgak qözğatuvçi iskabtoparlar (725 ming) örin oldi.
Insonga xavf soluvçi 15 jonivor röyxati e'lon qilindi
17:20 / 09.07.201515 2932 min






