Özbekiston Prezidenti Islom Karimov 9-10 iyul kunlari Rossiyaning Ufa şahrida bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kreml matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga köra, yiğilişda taşkilotning yanada rivojlanişi, uning xalqaro maydondagi rolini mustahkamlaş, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar böyiça muvofiqlaştirişni çuqurlaştiriş masalalari körib çiqiladi.
ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari bir qator hujjatlar, şu jumladan ŞHTning 2025 yilgaça möljallangan rivojlaniş strategiyasini tasdiqlaşlari kerak böladi.
Taşkilotga Hindiston va Pokistonning qabul qilinişi tartibotining boşlanişi böyiça qaror qabul qilinişi kutilmoqda. Sammit yakunlariga köra Ufa deklaratsiyasi imzolanadi.
Sammitda ŞHTda raislik qiliş huquqi Rossiyadan Özbekistonga topşiriladi.






