Toşkentda Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) Özbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlikda taşkil qilgan “MDH davlatlari tadqiqot reaktorlari hamkorligi” mavzuidagi 4-Xalqaro kengaşi ötkazilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.

Tadbir iştirokçilari mintaqaning uşbu yönalişdagi eng yirik ilmiy muassasi bölgan yadroviy fizika institutining olib borayotgan işlanmalariga yuqori baho berişdi.
Institut xodimlari, öz navbatida, MAGATE kömagida oxirgi yillarda reaktorda radiatsion xavfsizlik tizimining almaştirilganini, boşqariş, himoya va elektr ta'minoti komplekslarining modernizatsiya qilinganini ta'kidlab ötişdi. Ayni paytda ventilatsiya va sovutiş tizimlarini yangilaş loyihalari amalga oşirilmoqda. Loyihalarning umumiy qiymati 3 mln dollarni taşkil qiladi.