Özbekiston Prezidenti Islom Karimov Ufaga Şanxay hamkorlik taşkiloti işida iştirok etiş uçun yetib keldi.
ŞHT doimiy tarzda faoliyat yurituvçi xalqaro taşkilot bölib, uning yaratilişi haqida 2001 yilning 15 iyunida Şanxayda e'lon qilingan. ŞHT faoliyatining ustuvor yönalişlari terrorçilik, ekstremizmga qarşi birgalikda kuraşiş, ta'lim, energetika, neft-gaz, transport, telekommunikatsiya va boşqa sohalarda hamkorlik qilişdan iborat.
Hozirda Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy va Tojikiston ŞHTning a'zolari hisoblanadilar. Afğoniston, Hindiston, Eron, Möğiliston va Pokiston taşkilotda kuzatuvçilar maqomiga ega, Belarus, Turkiya va Şri-Lanka “suhbat böyiça hamkorlar” hisoblanişadi.
ŞHTga kiruvçi davlatlarning umumiy aholisi 1,597 mlrd kişini, ya'ni sayyoramizning deyarli çorak qismini, umumiy yalpi içki mahsulot 11,6 trln dollarni taşkil qiladi.
Ufada bölib ötadigan ŞHTning navbatdagi sammitida taşkilotning 2025 yilgaça möljallangan rivojlaniş dasturi qabul qilinişi hamda Hindiston va Pokistonning taşkilotga qöşilişi jarayoni boşlanişi kutilmoqda.






