Ramazon – payğambarlar orzu qilgan oy. Bu oy Qur'on öqiş, xayru saxovot ulaşiş va mehr körsatiş mavsumidir. Ayniqsa, bu oyda muborak bir keça bölib, u ming oydan yaxşiroqdir. Kim öşa keçani ibodat bilan ötkazsa, boşqa paytda ming oy ibodat qilgandan köp savobga erişadi.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ramazon oyi kelganida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh sizlarga bu oyda röza tutişni farz qildi. Bu oyda jannat eşiklari oçiladi, dözax eşiklari yopiladi va şaytonlar kişanlanadi. Unda ming oydan yaxşi bir keça bor. Kim undagi yaxşiliklardan mahrum bölsa, mahrum qilinadi”, dedilar (Imom Nasaiy).
Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qadr keçasi Ramazonning oxirgi ön kunligidadir. Kim unda imon bilan Alloh roziligi uçun ibodat qilsa, albatta, Alloh avvalgiyu keyingi gunohlarini keçiradi. U toq keçada böladi. Töqqizinçi yoki yettinçi yoki beşinçi yoki uçinçi yoki oxirgi keça qadr keçasidir”, dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).
Köp ulamolar xulosasiga köra,
Qadr keçasi yigirma yettinçi keçadir
Sahoba Zirr (roziyallohu anhu) Ubay ibn Ka'b (roziyallohu anhu)ga: «Birodaringiz Abdulloh ibn Mas'ud: “Kim bir yil tunlari qoim bölsa, Qadr keçasini topadi”, deb aytganlar», deganida, Ubay ibn Ka'b: “Alloh Abu Abdurahmon (Ibn Mas'ud)ni mağfirat qilsin. Haqiqatda, u Qadr keçasi Ramazonning oxirgi ön kunligida ekanini bilar edi. Bu keça yigirma yettinçi keçadir, lekin odamlar şunga suyanib qolmasligi uçun aytmasdi, – dedi. Söng qat'iy qasam içib: – Yigirma yettinçi keçada, dedi. Şunda men: “Ey Abu Munzir, nima dalil bilan şunday deysan?” dedim. U zot: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizga aytgan belgi bilan: u kun quyoş şu'lasiz çiqadi”, deb javob berdi (Imom Muslim va Terimiziy rivoyati).
Abdulloh Ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)ning bir qança sahobalari “Laylatul qadr”ni Ramazonning oxirgi ön kunligining yettisida bölişini tuşlarida körişdi. Şunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlarning tuşlaringiz “Laylatul qadr” Ramazonning oxirgi ön kunligining yettisida ekaniga muvofiq keladi. Kimki “Laylatul qadr”ni kutmoqçi bölsa, Ramazonning oxirgi ön kunligining yettisida kutsin!”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Hijriy sana hisobida keça kunduzdan avval kelişini inobatga olsak, 27-keça Ramazon oyining 26 dan 27-kuni ötar keçasidir. Joriy milodiy 2015 yil hisobi böyiça 13 iyuldan 14 iyulga ötar keça böladi. Inşoalloh.






