9 iyul, payşanba kuni ÖFF majlislar zalida Özbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayanga söz berildi.
“Terma jamoa boş murabbiyi sifatida tayinlanişim men uçun ham kutilmagan böldi. Birgalikda harakat qilsak oldimizga qöyilgan vazifalarni uddalay olamiz deb öylayman. Eng avvalo hozir guruhimizda birinçi örin oliş va keyingi bosqiçga yöl olişga e'tibor qaratişimiz kerak”, dedi milliy terma jamoa boş murabbiyi.
Murabbiy örtoqlik uçraşuvlari haqidaga savolga javob berarkan, şunday dedi: “Kuçli raqiblar bilan öyin ötkazişni istaymiz. Ammo maqsad kuçli raqib bilan öynaş emas saralaşdagi raqiblarimizga öxşaydigan jamoalar bilan öynaşimiz kerak. Bir soat oldin ÖFF prezidenti bilan gaplaşdik. Mirabror Usmonov bu borada barça kerakli şaroitlarni yaratib berayaptilar”.
Texnik direktor lavozimida iş boşlagan serbiyalik mutaxassis yana Özbekistonda iş boşlaganidan mamnun ekanini bildirdi.
“Men özbek futboliga yordam beriş uçun keldim. Men bu yerda turistmasman. Buxoro Samarqandni körib bölganman. Işlaş uçun kelganman. Men Samvel Babayan bilan işlaganman va uning qançalik talabçanligini bilaman. Özbekistonda yoş, iqtidorli futbolçilar juda köp. Milliy terma jamoa – bu eng mihim böğin. Men oldidan köp gapirmoqçi emasman, men bu yerda yoşlar, olimpiya va milliy terma jamoani boğlab turadigan köprik bölmoqçiman. Bu borada tajribam yetarli”, dedi serbiyalik mutaxassis.
Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Viktor Jalilov ham özi boşçilik qiladigan terma jamoa va rejalar haqida sözlab ötdi.
“Olimpiya terma jamoasiga yaxşi va kuçli futbolçilarni jalb etamiz. Oldimizda katta tanlov bor. Barça nomzodlarni diqqat bilan kuzatamiz va munosiblarini olimpiya terma jamoasiga jalb etamiz. Yoş iste'dodli futbolçilar köp, biroq yoşlar tez-tez özgarib turişadi. Şu bois bu borada ança barça jihatlarni e'tiborga olamiz. Aslida mendan oldingi murabbiylar katta hajmdagi işni olib borişganini ta'kidlayman. Iyul oyidagi yiğinimizga bir qator yangi futbolçilarni çaqirdik. Klublarida zaxirada qolib ketayotgan ba'zi futbolçilarga ham imkon beramiz. Hozir kengaytirilgan röyxatimizda 50 nafar futbolçi bor”, - dedi Jalilov.
Milliy terma jamoa boş murabbiyi Samvel Babayan ham olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Viktor Jalilov ham öz oldilariga aniq vazifalar qöyilgani va ularni bajariş uçun işga kirişganliklarini ta'kidlab ötişdi.






