Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumatning 9 iyul kuni bölib ötgan kengaytirilgan yiğilişida bir qator kadr özgartirişlarini amalga oşirdi.
Jumladan, Axal viloyatining hokimi M. Nurmammedov va butun viloyat rahbariyati almaştirildi. Uning örnini Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari Annageldi Yazmurodov egalladi.
Qişloq xöjaligi kompleksi uçun javobgar boş vazir örinbosari lavozimini Doşovuz viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan Esenmurot Örozgeldiyev egalladi.
Öz navbatida, Doşovuz viloyati hokimligini Örozmurot Gurbannazarov egalladi. Ilgari u Davlat oziq-ovqat sanoati birlaşmasini boşqarib kelayotgan edi. Uning eski lavozimini örinbosari Quli Quliyev egalladi.
Iqtisodiyot va taraqqiyot vaziri V. Abdulhakimov mansabidan çetlaştirildi. Uning örnini şu paytgaça Turkmaniston Majlisi iqtisodiyot masalalari böyiça qömita raisi lavozimida işlab kelgan Yöldoş Şeripov egalladi.
Şuningdek, işda yöl qöyilgan jiddiy kamçiliklar tufayli G. Bayrammurodov quriliş va me'morçilik lavozimidan ozod qilinib, uning örnini örinbosari Çori Atayev egalladi.
Vazirlar Mahkamasi raisining moliya va iqtisodiyot tizimi uçun javobgar örinbosari A. Göçiyev lavozimidan ozod qilinib, Balkan viloyati hokimi Beşimmurod Xöjamammedov uning örnini egalladi. Viloyatga Turkmanboşi şahrining sobiq hokimi Durdi Durdiyev rahbarlik qiladigan böldi.
Berdimuhamedov bir qator mansabdorlarning joyini almaştirdi
15:45 / 10.07.201510 9462 min






