Şanxay hamkorlik taşkilotiga Hindiston va Pokistonning qöşilişi borasidagi rejalar Ğarb davlatlarini taşvişga solmoqda. Bu haqda AQŞning Newsweek gazetasining onlayn versiyasida çop etilgan “Yangi şarqiy blok: Xitoy, Rossiya va Hindiston kuçlarini birlaştirmoqda” nomli maqolada aytilmoqda.
ŞHTni kengaytirişga bölgan harakatni izohlar ekan, muallif şunday deb yozadi: “Bu Ğarbga deyarli ma'lum bölmagan xalqaro taşkilotdir. Yaqinda uning tarkibida dunyo aholisining yarmini qamrab oluvçi davlatlar böladi. Agar buni qöllab-quvvatlovçilar, birinçi navbatda Rossiyaning umidlari oqlansa, ŞHTning Ufa sammitidan söng bu birlaşma Ğarb tomonidan öziga köproq e'tibor talab qila boşlaydi”.
Tahlilçining fikriça, Hindiston va Pokistonning ŞHT tarkibiga qöşilişi taşkilotning janubiy Osiyodagi ta'sirini östirib, uning Ikkinçi Jahon uruşidan söng Ğarb boşqaruvi ostida yetakçi rol öynab kelgan xalqaro institutlarga qarşi turiş maqsadini körsatib beradi.