Juma kuni Boşqirdiston poytaxtida Şanxay hamkorlik taşkilotining sammiti oçildi. Unda Hindiston va Pokistonning taşkilotga qöşilişi masalasi böyiça qaror qabul qilinişi kutilmoqda.

Ufada 8-10 iyul kunlari ŞHT va BRIKS sammitlari ötkaziladi. Joriy yilda har ikki taşkilotga Rossiya raislik qilmoqda.

Ayni paytda ŞHT tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston kiradi. Möğuliston, Hindiston, Pokiston, Eron va Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega. 2014 yil sentabrida Hindiston va Pokiston ŞHTga a'zo bölişga rasmiy talabnoma bilan çiqişdi. Şri-Lanka va Armaniston kuzatuvçilikka murojaatnoma bilan çiqişdi.

Ilgariroq Rossiya prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov sammit davomida 14ta qöşma qaror qabul qilinişini ma'lum qilgan edi. Sammit yakunlariga köra Ufa deklaratsiyasi qabul qilinadi.