BlackBerry kompaniyasi yilning ikkinçi qismida Android operatsion tizimida işlovçi bir neçta smartfon çiqarmoqçi. DigiTimes portali sohada faoliyat yurituvçi tayvanlik manbalarga iqtibos keltirgan holda şunday ma'lumot bermoqda.
BlackBerry kompaniyasi Android-qurilmalar bozoriga çiqişi haqida iyunning örtalarida ma'lum bölgan edi. Öşanda Android dan foydalanişni boşlaş qarori “BlackBerry ning öz e'tiborini dasturiy ta'minot va qurilmalarni boşqariş vositalariga qaratiş böyiça strategisining bir qismi” ekanligi ma'lum qilingandi.

DigiTimes ning qayd etişiça, Foxconn Electronics, Compal Electronics va Wistron kompaniyalari BlackBerry ning Android asosidagi smartfonlarni işlab çiqarişida unga hamkorlik qiladilar. Android-smartfonlarning dasturiy platformasiga kompaniyaning dasturlari va xizmatlari kiritiladi.
Android-modellarning paydo bölişi BlackBerry qurilmalariga talabning oşişiga turtki berişi mumkin. Hozirda kompaniyaning mobil qurilmalar bozoridagi işlari unçalik ham yaxşi emas. 30 mayda nihoyalangan moliyaviy çorakda BlackBerry 1,1 mln dona smartfon sota olgan, bu esa ötgan çorakka nisbatan 200 mingga kamroq smartfonni taşkil qilgan. BlackBerry ning uyali qurilmalar jahon bozoridagi uluşi 1 foizdan kamroqqa tuşib ketdi, vaholanki bir neça yil avval kompaniya uşbu sohadagi yetakçilardan biri hisoblanardi.






