London şahrida 29 iyun kuni boşlangan “Katta Dubulğa” turkumiga kiruvçi Uimbldon turnirida bugun ayollar örtasidagi musobaqa ğolibasi aniqlanadi. Hal qiluvçi uçraşuvga Yer yuzining birinçi raqamli ayol tennisçisi amerikalik Serena Uilyams hamda ispaniyalik Garbin Mugruza yetib kelişdi.
Aksar muxlislar va mutaxassislar Serena Uilyams bu öyindan keyin oltinçi marta Uimbldon turniri ğolibasiga aylanişini başorat qilişmoqda.
Bu ikki tennisçi şu paytgaça özaro uç marotaba töqnaş kelgan. Ikki uçraşuvda Serenaning qöli baland kelgan bölsa, bir bahsda Mugruza zafar quçgan. Bugungi özaro törtinçi uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 18.00da boşlanadi.






