Ufada 10 iyulda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti bölib ötdi. Sammit boşlangunga qadar unga 6 davlat: Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston a'zo edi. Sammitda raislik qiluvçi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pokiston va Hindistonning taşkilotga teng huquqli a'zolar sifatida qabul qilinişi jarayoni boşlanganini e'lon qildi.

Şuningdek, Belarus maqomi ham özgardi: endi bu davlat taşkilotning hamkor davlat sifatidagi maqomidan kuzatuvçilar toifasiga ötkazildi va endi sammitlarda Eron, Afğoniston va Möğuliston bilan bir qatorda şunday maqomda iştirok eta oladi. Şuningdek, Armaniston, Ozarboyjon, Nepal va Kamboja suhbat böyiça hamkor maqomini olib, Turkiya va Şri-Lanka safiga qöşilişdi.

Sammit boşlanişidan avval ŞHTga a'zo davlatlar vakillari sammitda taşkilotga Pokiston va Hindistonning qabul qilinişi jarayoniga start berilişi haqida gapirayotgan edilar. Biroq sammit kuni Özbekiston Prezidenti Islom Karimov Vladimir Putin bilan uçraşuvi davomida bir narsaga aniqlik kiritişni söradi. “Agar Hindiston va Pokiston oddiy mamlakatlar emas, balki yadroviy qurolga ega bölgan mamlakatlar deb hisoblansa, ularning ŞHTga qabul qilinişi jarayoni qanday boradi? Bu jihatdan qaralsa, ularning ertaga ŞHT tarkibiga kiritilişi nafaqat siyosiy xaritani, balki, fikrimça, kuçlar tahsimlanişini ham özgartirişi mumkin”, deb aytdi Karimov Putinga.

Bu masala ŞHTning yiğilişlari boşlangunça ertalab muhokama qilindi hamda barça yetakçilar kengaytirilgan majlisga yiğilişib, Pokiston va Hindistonni ŞHTga qabul qilişga qaror qilişdi.

Hindiston va Pokistonning ŞHTga kirişi bilan taşkilotga a'zo davlatlar hududida yaşovçi aholi butun dunyo aholisining 42 foizini taşkil qildi. ŞHTga qöşilgan davlatlar yetakçilari – Hindiston boş vaziri Narendra Modi va Pokiston boş vaziri Navoz Şarif öz mamlakatlarining taşkilotga qabul qilinganlari uçun minnatdorçilik bildirişdi. Modi özining pokistonlik hamkasbini taşkilotga qabul qilingani bilan tabrikladi, biroq undan javob tabrik olmadi.

Dehli va Islomobod ŞHTning tölaqonli a'zosiga aylanişlari uçun 28 ta hujjat, jumladan uzoq muddatli döstona qöşniçilik kelişuvini ratifikatsiya qilişlari kerak böladi. Bu kelişuvning 5-moddasida tomonlar çegaralarning daxlsizligi tamoyilini hurmat qilişlari, “çegara hududlaridagi harbiy sohada işonçning mustahkamlanişiga” faol ravişda öz kuçlarini işga solişlari aytilgan.