Oramizda köpçilik maşhur insonlarning hayotiga, ularning taniliş sirlari va bu yöldagi bosib ötilgan qadamlarini bilişga hamişa qiziqadi. Ammo ular ham xuddi biz kabi oddiy inson ekanligini ba'zan yodimizdan çiqarib qöyamiz. Kerak bölsa, maşhurlarning köpçiligi oddiy insonlarga zarur vaqtlarda yordam qölini çözib, ularga imkoniyatlari darajasida yordam berganliklariga ham guvoh bölamiz. Bugun xabardor.uz sayti sizga ana şunday mehribon maşhurlar bilan yuz bergan eng yaxşi voqealar öntaligini taqdim etadi.

Stiv Buşemi

Gollivudda özining aktyorlik faoliyatini boşlab, maşhurlikka erişişidan oldin Stiv Buşemi Nyu-York şahrida bir neça yillar öt öçiruvçi bölib işlagan. 11 sentabr voqealaridan keyin Buşemi öt öçiruvçilar Departamentiga qaytib, terroristik voqealar yuz bergan binoda kuniga 12 soatlab, öt öçiruvçilar bilan birga tengma-teng qidiruv işlarida, savdo markazi binosining qoldiqlarini taxlaşda işçilarga yordam bergan. Öşa paytda u özining bu işini reklama qilişni istamagan va  hatto jurnalistlarga intervyu ham bermagan. 

Kolin Farrell

"Rekrut" filmini suratga oliş jarayonlari ketayotgan bir paytda Torontoda radiojurnalistlardan biri radio efirda kimda-kim radio bölimiga aktyor Kolin Farrellni olib kelsa, unga mukofot sifatida 1000 dollar berişini e'lon qiladi. Bu voqea aktyor Kolinning jahli çiqaradi va uning şahsiy hayoti öyin qilinayotgandan ranjiydi. Şunda Kolin Toronta şahrida istiqomat qiluvçi Deyv ismli uysiz bir odamni topib, özini radiostansiyaga olib borişga kelişadi. Şu bahonada Deyv 1000 dollarlik mukofotni qölga kiritadi va bu pul evaziga özining hayotini tiklab oladi. Deyv haligaça aktyor Kolin Farrelldan minnatdor… 

Zak Galifianakis

Zak Galifianakis Gollivudda aktyor sifatida özining munosib örnini egallagan. Aktyor Santa-Monikadagi FOX kir yuviş fabrikasiga tez-tez borib turadi. Zak kirxonada odamlardan tuşgan çoy-çaqa evaziga hayot keçiradigan 87 yoşli Elizabet Xayst bilan aynan şu yerda tanişgan. Aktyorning "Kuyovjöralar Vegasda" filmi unga katta omad keltirgandan söng, kirxonaga bormay qöygandi. Ammo Elizabetning uysiz, qarovsiz qolganini eşitgaç, unga yordam berişni istadi. Aktyor Elizabet uçun uy sotib oldi va haligaça uning tölovlarini özi tölaydi. Bundan taşqari Zak   Galifianakis Elizabetni "Kuyovjöralar 2: Vegasdan Bangkokka", "Halol saylovdagi ğirrom kampaniya" va "Kuyovjöralar: III qism" filmlari  premerasiga ham olib borgan.