Misrlik maşhur aktyor Omar Şarif 10 iyulda 83 yoşida vafot etdi. Bu haqda AlArabiya kanali xabar bermoqda.

Omar Şarif 1932 yil 10 aprelda Misrning Aleksandriya şahrida dunyoga kelgan. Tuğilganda uning ismi Mişel Demitri Şalxub bölib, nasroniy bölgan. Biroq keyinroq u aktrisa Faten Xamamaga uylaniş uçun öz dinini va ismini özgartirgan.

Omar Şarif özining aktyorlik faoliyatini 1954 yilda Misrning “Dözah osmoni” filmida suratga tuşişdan boşlagan. Şarifning ingliz tilidagi ilk işi “Arabistonlik Lourens” filmidagi (1962 yil) Şarif Alining roli bölgan. Aktyor uşbu filmi uçun ikkinçi darajali eng yaxşi aktyor yönalişida “Oskar” mukofotiga nomzodi qöyilgan va “Oltin globus” mukofotini olgan.

Omar Şarif şuningdek, “Doktor Jivago”, “Makkeyn oltini” filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Aktyor umumiy hisobda aktyorlik faoliyati davomida 60 dan köproq filmda suratga tuşgan.

Şarif 2003 yilgi Venetsiya kinofestivalida dunyo kinematografiga qöşgan hissasi uçun “Oltin şer” mukofoti bilan taqdirlangan.

2015 yilning may oyida Şarifning Faten Xamama bilan turmuşidan yagona farzandi Tariq Al-Şarif aktyorning Altsgeymer kasalligidan aziyat çekişini ma'lum qilgan edi