Telegram messenjeri katta miqyosdagi DdoS-hujumlarga uçradi, bu hujumlar oqibatida messenjerning butun dunyo böylab işida qisqa muddatli nosozliklar kelib çiqqan. Bu haqda xizmatning tvitter-akkauntida ma'lum qilindi.
Telegram asosçisi Pavel Durov bu hujumlarda öz raqobatçilarini aybladi, biroq messenjer AQŞ maxsus xizmatlarining e'tiboriga tuşgani sabab bu hujumlar ularning işi bölişi ham mumkin. Ekspertlarning fikriça, xizmatning kelajagi uning joriy hujumlarga barqarorligiga boğliq böladi.
Hujum haqidagi birinçi xabar Moskva böylab soat 14:21 da jönatilgan. Xabarda hujum oqibatida Hindiston va Janubi-Şarqiy Osiyo foydalanuvçilari ulanişda muammolarga kelişlari mumkinligi aytilgan.
Keyinroq hujumlar miqyosi kattalaşib, ayni paytda xizmatga ulanişdagi muammolar butun dunyo böylab kuzatilmoqda.
Xizmat tvitter orqali hujumni bartaraf etişda PCCW Global va Cable&Wireless Comms lardan yordam berişni söradi.
Ayni paytda Telecom Italia muammoni bartaraf etişda yordam bermoqda.
Hamma foydalanuvçilar ham uşbu muammoga duç kelayotganlari yöq. Ba'zi joylarda xizmatning barça funksiyalari: xabar yuboriş va boşqa xizmatlar normal holatda işlamoqda.






