Turkiyaning All inclusive, ya'ni “hammasi içida” tizimi yoki Misr ehromlariga tuyada sayohat qiziqtirmay qöydi, ammo jungli çangalzorlariga borişga ham hali tayyor emassiz, töğrimi? 

Şunday variantlar borki, sizni ham yaxşigina tetiklantiradi, ham kutilmagan qulayliklari bilan hayratga soladi. Istiqomat qilişingiz ançagaça yodingizda saqlanib qolişi aniq bölgan mehmonxonalar haqida fotolavhalarni siz uçun tayyorlab qöydik.  

1. Sayyohlar bir neça çaqirim naridan qayrilib ketişi lozim bölgan xarobalarga öxşayaptimi? Aslida bu  Shanty Hotel — Janubiy Afrikadagi asosan sud muassasalari joylaşgan Blumfonteyn şahridagi beş yulduzli mehmonxona. Uning şiori — “Poli isitiladigan dunyodagi yagona xarobalar”.

2. Garajlarga köproq öxşab ketadigan xonalardagi şaroit ham tanlangan yönalişga xos:mebel va faqat eng zaruriy texnika, hammasi xuddi 80—yillarni eslatadi. Hojatxona taşqarida. Ovqatni an'anaviy afrikaça toş peçda tayyorlaş mumkin (u ham butun boşli mehmonxonga bittagina). Ammo pollari haqiqatdan ham isitiladi.

3.Tört kişi joylaşişi mumkin bölgan bitta “garaj”ning narxi bir keça uçun 75 dollar atrofida — yuqorida aytib ötilgan “beş yulduz” maqomi  uçun ançayin arzon. Yana nonuşta uçun har bir kişi uçun 10 dollar. Hududda bepul Wi-Fi va spa-markaz mavjud. Köriniş xarobalardek, ammo körsatiladigan xizmatlar oliymaqom mehmonxonalarga töğri keladi, deyiş mumkin. 

4. Garajda dam oliş unçalik ğayrioddiy tuyulmayaptimi? Boşqa variant ham bor: ta'tilni kanalizatsiya quvurida ötkaziş. Loyiha Avstriyada öylab topilgan va kamxarjroq sayyohlar hamda tabiat qöynida ötkaziladigan musiqa festivallariga taşrif buyuruvçilar uçun möljallangan. Birinçi şunday mehmonxona Lints şahri yaqinida, Dunay daryosi böyida mehmonlarni qabul qilişni boşlab yubordi.

5. Quvurning diametri ikki metr, naq töqqiz tonna toş bosadi. Şiftida kiçikroq oynalar bor, “xona”ga bitta karovat siğadi.