Sayyoramizda mahoratli futbolçilar köp. Lekin ularning orasida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib, öz terma jamoasi tarkibida birorta ham sovrinni qölga kiritolmaganlari ham bor. Kriştianu Ronaldu, Lionel Messi, Eysebio singari öyinçilar şular jumlasidan. Garçi mazkur futbolçilar klub miqyosida köplab muvaffaqiyatlarga erişgan bölişsa-da, terma jamoa bilan unçalik omadlari kelmagan. "Interfutbol" gazetasi quyidagi maqolada şunday buyuk öyinçilardan 10 nafari töğrisida hikoya qiladi.

1. Mixael Ballak, Germaniya


Mixael haqiqiy «qarğiş tekkan» futbolçi. Uning peşonasiga final bahslarida yutqaziş va sovrinlarni qölga kiritmaslik yozilgan ekan. Germaniya terma jamoasi Mixael bilan köp marotaba zafar quçgan. Ammo jahon miqyosidagi turnirlarda birorta ham sovrinni qölga kirita olmagan.

Masalan, 2002 yilgi jahon çempionatida Germaniya terma jamoasi braziliyaliklarga qarşi keçgan öyinda mağlubiyatga uçradi (0:2) va 6 yildan söng Ispaniya termasi bilan bölgan öyinda ham (0:1) Yevropa çempionatining boş sovrinini boy berdi. Öz örnida ta'kidlaş joizki, nemislar Ballak bilan ikki marotaba final bahslarida yutqazişgan. Yaponiya va Janubiy Koreyada bölib ötgan mundial finalini Ballak diskvalifikatsiya tufayli ötkazib yuborgandi. Yevro-2008 turniriga jarohatdan foriğ bölgan holda bordi, lekin ispaniyaliklarga qarşi keçgan öyinda jamoasini mağlubiyatdan qutqarib qololmadi.

- Futbolçilik faoliyatimdagi afsuslanadigan narsam - terma jamoamiz bilan çempionlik unvonini qölga kirita olmaganim, - deydi Mixael Ballak.

2. Roberto Badjo, Italiya

Aslida Roberto Badjo jahon yoki Yevropaning «Oltin töp»ini olişga munosib edi. Lekin köpçilik uning faqatgina JÇ-1994dagi braziliyaliklarga qarşi keçgan finaldagi penaltilar seriyasida zarbadan adaşganini yodga olişadi, xolos. Vaholanki, AQŞda bölib ötgan öşa mundialda Robertoning bir özi Italiya termasini finalga olib çiqqandi.

Badjo öz vaqtida fantastik futbol namoyiş etgan hujumçilardan edi.

Öşa maş'um finaldan söng Badjoga jahon kubogi emas, balki terma jamoadagi jamoadoşlarining köz yoşlari «sovğa» böldi. Roberto 1990 yilgi mundialda bronza medalini qölga kiritgandi. Lekin u öşanda bundan ortiğiga ham qodir bölgan.