Iroq poytaxtida uçta terrorçilik akti sodir etildi. Reuters agentligining mudofaa va soğliqni saqlaş vazirliklariga tayangan holda ma'lumot berişiça, ularda 28 kişi halok böldi.
Şaharning Şa'b tumanida minalaştirilgan avtomobilning portlatib yuborilişi natijasida 10 kişi halok böldi. Politsiya voqea joyiga yetib kelganida terrorçi özini portlatib yuborib, yana 9 kişini halok bölişiga sababçi böldi.
Şu paytning özida şaharning boşqa qismida navbatdagi maşinaning portlatilişi yana 9 kişi hayotdan olib ketdi.
Teraktlar şialar yaşovçi hududlarda sodir etilgan.