Hindu yulduzlar turkumida astronomlar yangi yulduzning paydo bölganini qayd qilişdi. U ASASSN-15lh deb ataldi. Kaşfiyot haqidagi maqola Nature jurnalida çop etildi.
Yulduz ASAS-SN (All-Sky Automated Survey for Supernovae) tizimi tomonidan topildi. 14 avtomatik teleskopdan iborat uşu tizim yangi yulduz çaraqlaşini 14 iyun kuni qayd qildi. Keyingi haftalar davomida Pekin astronomiya va astrofizika instituti mutaxassislari ASASSN-15lh’ni bir neçta teleskoplar vositasida kuzatib, uning qaçon vujudga kelganligini aniqladi. Tadqiqotlarga NASAning Swift orbital observatoriyasi qöşildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, u maksimal yorqinlikka erişişining töqqizinçi kuni teleskoplarda qayd qilingan, uning nuri esa Yer tomonga 2.8 mlrd yildan buyon kelayotgan bölgan. Şu tariqa, bu oddiy öta yangi yulduzlarga nisbatan yuz barobar va ma'lum giperyangi yulduzlardan bir neça barobarga yorqinroqdir.
Eng yorqin yulduz aniqlandi
17:54 / 13.07.201516 0651 min






